Diqqat, yangi mahsulot: WF Cola, WF Orange va WF Mojito

WF Energy taste gazli ichimlik katta-yu kichik iste'molchilar orasida yaxshigina tanilib ulgurgan. Endi bu safni yana 3ta yangi mahsulot to‘ldiradi. Bular an'anaviy ta'mlarning Yevropa texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan milliy namunalaridir.
Tanishing, navbatdagi yangi mahsulotlar: WF Cola, WF Orange va WF Mojito

Ashina Bottlers kompaniyasi 2019 yilni qarshi olish uchun bayram dasturxonini bezashga 3 ta yangi mahsulotini taqdim qilmoqda. Bular: WF Cola, WF Orange va WF Mojito mazali gazli ichimliklaridir va o‘ziga xos ta'mi bois mashhur brendlar mahsulotlari bilan bemalol raqobatlasha oladi. 

Siz WF Cola, WF Orange va WF Mojito ichimliklarini xarid qilib adashmaysiz!!! 

Ichimliklar tarkibiga qo‘shiladigan qo‘shimchalarning barchasi Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan keltiriladi. Bundan tashqari va eng asosiysi, WF ichimliklarining hech biri (WF Cola, WF Orange, WF Energy taste, WF Mojito va b.) iste'molchi yoshi bo‘yicha tavsiflanmaydi, ya'ni istagan yoshdagi kishilar mazkur ichimliklarni tatib, lazzatlanishlari mumkin. 

Mahsulotlarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan tog‘ suvi hamda 8 bosqichli filtrlar vositasida ortiqcha tuzlar va toshlardan tozalanadi. Shuni alohida ta'kidlash o‘rinliki, mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan ichimlik suvi inson organizmi uchun juda foydalidir. Ekspertlarning qayd etishlaricha, suvdagi minerallar miqdori tabiiy muvozanatlashgan bo‘lib, minerallar tarkibi va tuz miqdorining ozligi bilan boshqa mineral suv ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlaridan tubdan farqlanadi. 
 

shina Bottlers ushbu gazli ichimliklar va ichimlik suvlarini ishlab chiqarayotgan zavodi Germaniyaning yetakchi firmalari tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlangan va FSSC 22000 (FOOD SAFETY SYSTEMS CERTIFICATION 22000) sertifikatiga ega. Suvni filtrlashdan tortib, yorliqlarni yopishtirishgacha bo‘lgan barcha jarayon KHS texnologiyasi yordamida bajariladi. 

Ashina Bottlers shuni alohida faxr bilan ta'kidlashni istaydiki, u o‘z milliy mahsulotlarini nafaqat O‘zbekiston bozoriga, balki boshqa davlatlarga ham eksport qilmoqda.

Kompaniyada 150dan ortiq turli mutaxassis ishlab, eng injiq va talabchan iste'molchi talabiga ham mos keladigan mahsulot ishlab chiqarish ustida ter to‘kib xizmat qilmoqda. 

Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahri, Ibn Sino ko‘chasi, 14 uy

Murojaat uchun telefonlar:
+998 71 242 3127
+998 97 780 6000
+998 71 200 8111

Telegram: @tigerspower_wf
FB: www.facebook.com/ashinabottlers
Instagram: @tigerspower_wf