Kompaniya haqida

Korxonaga 2017 yil asos solingan.
Korxona sakqin gazli va energetik ichimliklar ishlab chiqaradi. Ushbu korxonaga tegishli zavodda WF (Wild&Free): Taste energy, mojito, Cola, Orange nomi bilan mashxur ichimliklar tayyorlanadi. 

Ushbu g'aroyib ta'mga ega ichimliklar tarkibiga kiruvchi xom ashyo Yevropaning eng ilg'or kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu maxsulotlarning WF (WF Cola, WF Orange, WF Mojito, WF Taste Energy) yana bir asosiy yutuqlaridan biri, uning yosh chegarasiga ega emasligidir. Xar bir iste'molchi ushbu ichimliklardan cheklanmagan miqdorda iste'mol qilib zavq olish imkoniyatiga ega.

Shuningdek korxona tomonidan TR (Tiger`s Power) savdo belgisi bilan mashxur bo'lib ulgurgan energetik ichimlik ishlab chiqariladi.

Yuqoridagi sanab o'tilgan ichimliklarning asosiy negizi tog' yon bag'rlaridan olinadigan mayin va toza mineral ichimlik suvidir. Qayd etish kerakki ushbu mineral ichimlik suvi to'liq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uskunalaridan o'tkaziladi, bu esa suvning sifat darajasini yuqori bo'lishiga zamin yaratadi. Shuningdek mutaxassislarning qayd etishicha ushbu mineral suv inson organizmi uchun juda foydali xususiyatlarga ega. Suvning tarkibidagi tuzlar xamda minerallarning foydali xususiyatlari xam boshqa mineral suvlardan tubdan farq qiladi.

Ashina Bottlers korxonasi o'zining barcha maxsulotlarini Germaniyaning eng yangi va ilg'or uskunalarida ishlab chiqaradi. Suvni bir necha bosqichli filtrlardan o'tkazishdan tortib to tayor xolatiga kelgunicha barchasi KHS kompaniyasi uskunalarida amalga oshiriladi. Zavodda ishlab chiqarilgan maxsulotlar "PREMIUM" sifatiga mansub bo'lib, FSSC 22000 (FOOD SAFETY SYSTEMS 22000 Sertifikati) sertifikatiga ega.

Ashina bottlers o'z milliy maxsulotini nafaqat ichki bozorga balki qo'shni davlatlarga xam eksport qilishini katta faxr bilan ta'kidlash mumkin. Ushbu korxonada turli yo'nalishlarda faoliyat yuritayotgan 150 dan ziyod xodim doimo iste'molchilar talab va istaklariga javob beradigan sifatli maxsulotlar ishlab chiqarishga intilishadi.

Xolding tarkibiga shuningdek "Sifa" gazlangan salqin ichimligi, "Sifa ice tea", "Sayhun" ichimlik suvi, "coffee cola" ichimligi xamda "G'azalkent" gazli suvlari ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi.

Biz 11 yillik tajribaga egamiz.

 

Sayhun  suvi haqida qisqacha ma’lumot:

Sayhunning toza ichimlik suvi 70 metr chuqurlikdagi quduqlardan chiqariladi, 2 va 5 mikronli filtr bilan tozalanadi, ortiqcha toshlar va tuzdan qutiladi. "Sayhun®" еkologik toza ichimlik suvining  manbai Toshkent viloyati Bo'stonliq tog'li hududida joylashgan Tyan-Shanning g'arbiy tog'li hududidir. "Sayhun®" biologik faollikka ega va tanaga noyob shifobaxsh ta'siri bor. Tabiiy tog 'filtridan oqadi, u ozgina minerallashadi va sog'likka ham foydali bo'ladi va o'zining noyob yumshoqligini saqlab, kristal tozalikka ega bo'ladi. Mutaxassislarning fikricha Sayhun suvlari tabiiy ravishda muvozanatlashgan va minerallarning tarkibi va tuz miqdori boshqa minerallashtirilgan ichimlik suvlaridanidan farq qiladi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, “Sayhun” ichimlik suvi ovqat pishirish uchun juda yaxshi.